platina.uz
Jamiyat

Gaz va benzin shoxobchalarini onlayn koʻruvchi ilova ishga tushdi

Ilova orqali yoqilgʻi quyish, gaz toʻldirish va elektr quvvatlash shoxobchalari haqida maʼlumot olish mumkin.

Gaz va benzin shoxobchalarini onlayn koʻruvchi ilova ishga tushdi

Yoqilgʻi quyish, gaz toʻldirish va elektr quvvatlash shoxobchalari haqida maʼlumot beruvchi Avto24 ilovasi sinov tariqasida ishga tushirildi.

Ayni paytda isteʼmolchilar mazkur ilovani Android va iOS operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin.

Shuningdek, tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini beruvchi Hudud Gaz Ta’minot mobil ilovasi ham test rejimida ish boshladi.

Ushbu ilovani iOS va Android uchun yuklab olish bepul.

Avvalroq elektr energiyasi sarfini onlayn kuzatuvchi ilova ham joriy etilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid