platina.uz
Jahon

Tramp noqonuniy migratsiya sabab AQShda favqulodda holat joriy etmoqchi

Saylangan prezident bu muammoga qarshi kurashishda armiyadan foydalanish imkoniyatini ham inkor etmadi. 

Tramp noqonuniy migratsiya sabab AQShda favqulodda holat joriy etmoqchi

Donald Tramp AQShda noqonuniy migratsiya sabab favqulodda holat joriy qilmoqchi ekanligini tasdiqladi.

Tramp migratsiyaga qarshi kurashish uchun shunday keskin choralar koʻrmoqchi.

U bu maqsadlarda harbiylardan ham foydalanishi mumkinligini inkor etmagan.

Amerikalik siyosatchi Tom Fitton Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida bu haqda maʼlumot berdi. Uning postini Donald Trampning tasdiqlagan: "Toʻgʻri!!!" deya yozgan saylangan prezident choralar haqida gaplarga.

Trampning matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga boʻlajak davlat rahbari jinoyatchilarni deportatsiya qilish boʻyicha eng yirik operatsiyani amalga oshirish uchun barcha vakolatlarini ishga solishini aytdi.

Eslatib oʻtamiz, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish Trampning asosiy saylovoldi vaʼdalaridan biridir.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid