platina.uz
Jamiyat

Taniqli akademik Sulaymon Inoyatov vafot etdi

U Otaulla Xoʻjayevning nevarasi, Fayzulla Xoʻjayevning jiyan nevarasi edi.

Taniqli akademik Sulaymon Inoyatov vafot etdi

Buxoro davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori va Oʻzbekiston Turon fanlar akademiyasi akademigi va "Doʻstlik" ordeni sohibi Sulaymon Inoyatov bugun 86 yoshida vafot etdi.

U Otaulla Xoʻjayevning nevarasi, Fayzulla Xoʻjayevning jiyan nevarasi edi. Inoyatov 1938 yil 12 mart kuni Buxoroda Inoyatxoʻja Atoullayev (1890-1987) va Supiya Inoyatova (1900-1983) oilasida tugʻilgan. Oilaning kelib chiqishi Buxorodagi mashhur Xoʻjayevlar sulolasiga borib taqaladi.

Sulaymon Inoyatov 1956-1961-yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. 1966-1969 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida aspirantura yoʻnalishida oʻqib, 1969 yil 9 oktabrda Toshkent davlat universiteti tarix fakultetidagi Ilmiy kengashda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlagan.

Olim oʻz nomzodlik dissertatsiyasida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 1929-1934 yillari amalga oshirilgan kollektivlashtirish jarayonida partiya-sovet matbuotining oʻrnini tahlil qilib bergan. Shu bilan birga Sulaymon Inoyatov "Mehnatkorlarni baynalmilallik ruhida tarbiyalashda matbuotning oʻrni" (Oʻrta Osiyo respublikalari misolida. 1961—1985) nomli ilmiy ishini yoqlagan.

Sulaymomn Inoyatov 1969-1982 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida dars berishdan tashqari dekan muovini va dekan lavozimlarida ishlab kelgan. 1982-1984 yillarda katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatish bilan birga doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlagan. 1984-1989 yillarda shu institutda kafedra mudiri, 1989-1992 yillarda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 1992-1995 yillarda tarix fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid