Senatga rais va oʻrinbosarlar saylandi
Shavkat Mirziyoyev Senatning birinchi majlisida qatnashib, oʻz nomzodlarini taklif qildi.

Oliy Majlis Senati raisi lavozimiga Tanzila Narbayeva, raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga Sodiq Safoyev, oʻrinbosari lavozimiga Amanbay Orinbayev saylandi.
Bugun oʻtgan Senatning birinchi majlisida Prezident Shavkat Mirziyoyev ularning nomzodini tavsiya etdi. Senatorlar bir ovozdan maʼqulladi.
"Tanzila Narbayeva davlat va jamoat boshqaruvida boy tajribaga ega ekani, oʻtgan davrda shu lavozimdagi samarali faoliyati natijasida mamlakatimizda xotin-qizlar, bolalar huquqlarini taʼminlash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vaziyat sezilarli ravishda yaxshiladi", dedi prezident.
Eslatib oʻtamiz, kecha quyi palataga ham rahbarlar saylangan edi.