platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda hukumat isteʼfoga chiqdi

19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Oʻzbekistonda hukumat isteʼfoga chiqdi

Joriy yilning 27 oktabr kuni oʻtkazilgan Parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 19 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga koʻra amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar oʻz faoliyatini davom ettirib turishi maʼlum qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid