platina.uz
Sport

Oʻzbekiston Shimoliy Koreyani magʻlub etdi

Laosda kechgan uchrashuvda futbolchilarimiz qiyin va muhim 3 ochkoni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston Shimoliy Koreyani magʻlub etdi

Jahon chempionati Osiyo qitʼasi saralashi 3-bosqich 6-turidan oʻrin olgan Shimoliy Koreyaga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston kichik hisobda gʻalaba qozondi.

Oʻyinda hisobni 44-daqiqada Abbos Fayzullayev uzoqdan yoʻllangan zarba bilan ochdi. Ikkinchi taymda koreyslar bosimni kuchaytirishdi va bu soʻnggi daqiqalarda ish berdi.

83-daqiqada Umar Eshmurodov qoʻl bilan oʻynagani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oʻzbekiston darvozasiga penalti belgilandi. Ammo Oʻtkir Yusupov penaltini qaytardi.

Shu tariqa Oʻzbekiston MTJ 13 ochko bilan guruhdagi oʻrnini mustahkamladi. Keyingi tur oʻyinlari 2025 yilda boʻlib oʻtadi.

KXDR - Oʻzbekiston 0:1
Gol: Fayzullayev 44

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid