platina.uz
Jahon

Abxaziya prezidenti isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

Mamlakatda bir haftadan buyon davom etayotgan namoyishlar fonida tan olinmagan davlat rahbari va bosh vaziri ketishga rozi boʻldi. 

Abxaziya prezidenti isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

Tan olinmagan Abxaziya respublikasi prezidenti Aslan Bjaniya muxolifat bosimi ostida isteʼfoga chiqdi.

Shu bilan birga, parlamentni egallab olgan muxolifat bilan kelishilgan holda mamlakat hukumati rahbari ham ketadi.

"Mamlakatda barqarorlik va konstitutsiyaviy tuzumni saqlash maqsadida, Abxaziya Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, men Abxaziya Respublikasi Prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqishim boʻyicha ariza yozaman", — deyiladi Bjaniya yoʻllangan bayonotida.

Bundan sal oldin Abxaziya muxolifat yetakchilaridan biri Adgur Ardzinba jurnalistlarga muxolifat va hukumat muzokaralardan soʻng prezident Bjaniya va hukumat rahbari Aleksandr Ankvabning isteʼfoga chiqishiga kelishib olganini aytdi.

Rossiya" Interfaks" agentligi xabariga koʻra, prezident vazifasini vitse-prezident Badra Gunba, bosh vazir vazifasini esa avvalroq ushbu lavozimni egallab kelgan Valeriy Bganba bajaradi.

Bjaniya shanba kuni isteʼfoga chiqishga vaʼda bergandi, bu isteʼfoni talab qilgan namoyishchilar tan olinmagan respublika parlament binosini egallab olgandan keyin sodir boʻlgandi.

Abxaziya poytaxtida tartibsizliklar bir hafta oldin boshlangan. Buning sababi, rasmiylarning Rossiya bilan yangi investitsiya shartnomasini qabul qilish niyati edi. Koʻpgina mahalliy aholi rus biznesining kengayishi ularni turizmdan tushadigan daromaddan mahrum qiladi, deb qoʻrqishadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid