platina.uz
Madaniyat

Shavkat Mirziyoyev taniqli rus aktyorini mukofotladi

Sergey Bezrukov soʻnggi yillarda Oʻzbekistonga tez-tez kelib, yosh aktyorlarga mahorat darslari oʻtishda ancha faollik koʻrsatayotgan edi.

Shavkat Mirziyoyev taniqli rus aktyorini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan rossiyalik taniqli aktyor Sergey Bezrukov "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Rossiya xalq artisti, balet artisti va rejissyor Andris Liyepa ham shu mukofotga loyiq koʻrildi.

Ular Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik, ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish, xalqlarimizning anʼanaviy doʻstlik va hamjihatlik aloqalarini mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari, oʻzining yorqin va betakror isteʼdodi, xususan, kino va teatr yoʻnalishidagi sermahsul ijodiy faoliyati bilan madaniyat va sanʼat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, maʼnaviy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va boyitishga qoʻshayotgan munosib hissasi uchun taqdirlangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid