platina.uz
Jamiyat

Quyi palata qoʻmitalariga raislar saylandi

Qonunchilik palatasidagi 12 ta qoʻmita oʻrnida 10 ta yangilangan qoʻmita tashkil qilindi.

Quyi palata qoʻmitalariga raislar saylandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 10 ta (avval 12 ta edi) yangi qoʻmita tashkil etildi va ularga raislar saylandi.

  • Ravshan Mamutov — Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Sharofiddin Nazarov — Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi raisi;
  • Gulrux Agzamova — Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Ilhom Abdullayev — Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Jahongir Shirinov — Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Bobur Bekmurodov — Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Nodir Jumayev — Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Ulugʻbek Shermatov — Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Xayrullo Gʻafforov — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi;
  • Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi raisi (vakant).

Avvalroq palata spikeri va oʻrinbosarlari saylangani haqida xabar berilgan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid