Qarindoshlar bir ishxonada ishlashi mumkin boʻlgan xodimlar roʻyxati tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Endi qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash toʻgʻrisidagi qoidalardan istisnolarga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlarining roʻyxati tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi 14 noyabr kuni "Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Mehnat kodeksining 121 va 184-moddalariga muvofiq, qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash haqidagi qoidalardan istisnolarga yul qoʻyilishi mumkin boʻlgan davlat tashkilotlari xodimlari hamda alohida xususiyatga ega ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar roʻyxati tasdiqlandi.
