platina.uz

Prezident davlat byudjeti nazoratini kuchaytirishni topshirdi

Yangilangan Konstitutsiyaga koʻra, davlat byudjeti ijrosi ustidan nazorat qilish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi.

Iqtisod
18-noyabr, 14:59
Prezident davlat byudjeti nazoratini kuchaytirishni topshirdi

Shavkat Mirziyoyev davlat byudjeti ijrosini nazorat qilishda parlament qoʻmitalari rolini oshirish muhimligini taʼkidladi.

Yangilangan Konstitutsiyaga koʻra, davlat byudjeti ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga kiradi.

"Bu muhim vakolat deputatlarimiz zimmasiga katta masʼuliyat ham yuklaydi. Jumladan, hukumatning davlat byudjetiga doir barcha hisobotlarini palataga faqat Byudjet kodeksida belgilangan audit xulosasi bilan birgalikda kiritish amaliyotiga oʻtish kerak", dedi davlat rahbari.

Hozirgi vaqtda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning xarajatlari ustidan parlament nazorati deyarli sezilmayotgani, yangi saylangan deputatlar ushbu masalaga alohida yondashishlari zarurligi qayd etildi.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+