Poytaxtda davlat bayrogʻi qabul qilingan kun katta tantana bilan oʻtmoqda
Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Toshkent shahrida qator yirik tadbirlar va aksiyalar tashkil etilmoqda.

18 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan poytaxtda qator yirik tadbirlar va aksiyalar tashkil etilmoqda.



Ushbu bayram doirasida talaba-yoshlar, jamoatchilik vakillari va sanʼatkorlarning faol ishtirokida turli ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Kunning dastlabki qismida talabalar shaharchasida “Millat bayrogʻi” nomli bayroqlar paradi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 2000 nafardan ortiq talaba-yoshlar qatnashib, harbiy orkestrlar tomonidan ijro etilgan vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilarga oʻzgacha kayfiyat ulashdi.



Kunning davomida ham turli tadbirlar oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, ular orasida eng muhimlaridan biri — soat 15:00 da “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib oʻtadi. Unda 100 metrlik davlat bayrogʻi yoyilishi kutilmoqda.