Otaxona jurnalist Orif Muhammadjonov vafot etdi
U 1988-1991 yillarda Jurnalistlar uyushmasi raisi oʻrinbosari boʻlgan.

Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, otaxon jurnalist Orifjon Muhammadjonov bugun 86 yoshida vafot etdi.
Orifjon Muhammadjonov 1938 yil 27 martda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan. Turli yillarda “Oʻzbekiston matbuoti” jurnali, “Golos Uzbekistana”, “Xabar”, “Sado” gazetalarida bosh muharrir lavozimida ishlagan.
U 1988-1991 yillarda Jurnalistlar uyushmasi raisi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.