Qonunchilik palatasi va Senatning birinchi majlisi qachon oʻtishi aniq boʻldi
Yigʻilishlarda rais va rais oʻrinbosarini aniqlanadi, shuningdek, bosh vazir nomzodi ilgari suriladi.
Siyosat
16-noyabr, 16:53
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament saylovidan keyingi birinchi majlisi 18 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Senatning birinchi majlisi esa 19 noyabr kuni oʻtkaziladi.
Parlamentning har ikki palatasi ushbu yigʻilishlarda rais va rais oʻrinbosarini aniqlaydi, shuningdek, bosh vazir nomzodi ilgari suriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq prezident farmoni bilan toʻqqizta senator tayinlagandi.