Prezident farmoni bilan toʻqqiz nafar senator tayinlandi
Ular orasida Senat raisi birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudayberganovlar bor.

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan Oliy Majlis Senati aʼzolari tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:
Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;
Yoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori;
Koʻchimov Abdusaid Koʻchimovich – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;
Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;
Safoyev Sodiq Solixovich – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari;
Saʼdullayev Alisher Zafar oʻgʻli – Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;
Turdiyev Sodiqjon – Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash "Nuroniy" jamgʻarmasi boshqaruvi raisi;
Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib tayinlandi.
Eslatib oʻtamiz, Senat aʼzolari jami 65 nafarni tashkil qiladi. Ulardan toʻqqiztasini Prezident tayinlaydi, qolgan 56 tasi hududlardan saylanadi.