Yangiyoʻl shahri hokimi ishdan olindi
Dilshod Sultonov saylovdan keyin hokimlikka qayta tasdiqlangan edi.

Xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida shahar hokimi Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi.
Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok qatnashdi. Yangi hokimlikka Ravshan Raimov tayinlandi.

R.Raimov 1976 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi vazifasida ishlagan.
Taynlovga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Dilshod Sultonov 2023 yil avgustda hokimlikka tayinlangan edi.