platina.uz
Jamiyat

Qarzdorlikni "yoʻq qilib" bermoqchi boʻlgan gazchi va hisobchi ushlandi

“Bulungʻur tumangaz” gaz taʼminoti xodimi aniqlangan 1,6 mln soʻm zararni 14 mln soʻm ekanligini aytib, fuqarodan pora olgan. 

Qarzdorlikni "yoʻq qilib" bermoqchi boʻlgan gazchi va hisobchi ushlandi

Energiya resurslaridan soxta qarzdorlikni yoʻq qilib berishni vaʼda qilgan gazchi va hisobchi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tumani boʻlimi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda “Bulungʻur tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida koʻrik davomida tabiiy gaz taʼminotidan aniqlangan 1,6 mln soʻm zararni 14 mln soʻm ekanligini aytib, goʻyoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmaliq shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Doʻstlik” MFYdagi uyining elektr taʼminotidan 5 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid