Poytaxtda fan va taʼlim hamda yoshlar muammolari yoʻnalishida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida oʻtkazilgan mazkur ochiq muloqotda yuzlab yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlar muammolarini oʻrganish va bartaraf etishning eng yaxshi yoʻli bu – muloqot. Ular bilan oʻtkaziladigan har bir ochiq suhbat nafaqat yoshlar muammolarini oʻrganish va ularga yechim topishda, balki jamiyat farovonligini taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.



Bugun, 15 noyabr kuni “Zakovat arena”da boʻlib oʻtgan davra suhbati yoshlarni bir maqsad ostida birlashtiribgina qolmay, ular uchun oʻz fikr-mulohazalari, savol va takliflari bilan yuqori tashkilot vakillariga toʻgʻridan toʻgʻri murojaat qilib, batafsil javob olishlariga zamin yaratdi.



Tadbirda turli yosh toifa vakillari ishtirok etdi. Savollar va murojaatlar ham shunga koʻra rang-barang boʻldi. Bu yoshlar muammolarini keng koʻlamda oʻrganishga xizmat qilishi shubhasiz.




