Fargʻonada IT-Park qurilishiga jami 40 mlrd soʻm ajratiladi
IT-Park "Oʻzbektelekom" AJning Fargʻona shahridagi aloqa uyining boʻsh turgan qismida tashkil etiladi.

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishi bilan IT-Park qurilishiga jami 40 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi. IT-Park "Oʻzbektelekom" AJning Fargʻona shahridagi aloqa uyining boʻsh turgan qismida tashkil etiladi.
Farmoyishga koʻra, aloqa uyining boʻsh turgan qismida IT-Parkni tashkil etish xarajatlariga viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil III chorak bajarilgan daromadlar rejasi hisobidan bir milliard soʻm "Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati"DUKka ajratiladi.
Oʻz navbatida DUK mablagʻlar sarfi hisobi boʻyicha Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi va Gʻaznachilik xizmati boshqarmasiga tegishli hisobotlarni taqdim etadi.
Ushbu farmoyish ijrosini nazorat qilish Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari X.Isakov zimmasiga yuklatilgan.