Bolaga haqoratli laqab qoʻyish ham zoʻravonlik sifatida baholanadi
Bolalarni zoʻravonlikni har qanday shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun imzolandi. Unda bolani "tarbiya qilish" maqsadida urish ham taqiqlanmoqda.

Prezident 2024 yil 14 noyabr kuni tomonidan bolalarni zoʻravonlikni har qanday shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun imzolandi.
Jismoniy va jinsiy zoʻravonlik, gʻamxoʻrlik qilmaslik, taʼqib etish (bulling)zoʻravonlik shakllari sifatida eʼtirof etiladi. Bir guruh yoki bitta bola tomonidan boshqa bolaga haqoratli laqab qoʻyish, u bilan har qanday muloqot shakllarini toʻxtatib qoʻyish va boshqa harakatlar bulling sifatida eʼtirof etiladi. Shuningdek, bolalarni tarbiyalash maqsadida jismoniy kuch ishlatish ham taqiqlanadi.
Qonun bilan zoʻravonlikdan jabr koʻrgan shaxs tegishli tartibda himoya olish va tegishli organlarga murojaat etish huquqiga ega boʻladi.
Bolalarni zoʻravonlik shakllaridan himoya qiluvchi subʼektlarga Vazirlar Mahkamasi, bolalar ombdusmani, prokuratura, ichki ishlar va boshqar organlar kiradi.
Zoʻravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderlari beriladi. Oʻzbekiston hududida bu masala boʻyicha kunu-tun ishlaydigan ishonch telefoni yoʻlga qoʻyiladi.
Ushbu qonun eʼlon qilingandan olti oy oʻtib kuchga kiradi.