“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida ochiq muloqotlar boshlanmoqda
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi muhim pallaga kirdi.

15 noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan “Zakovat arena” binosida yoshlar va mutaxassislar oʻrtasidagi yoshlar muammolari boʻyicha ochiq muloqot forumi boʻlib oʻtadi.

Bundan tashqari, shu kuni soat 14:00 da fan va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ochiq muloqot oʻtkaziladi. Unda Olimjon Toʻychiyev, Shaxnoza Joldasova, Sarvarbek Bahodirov, Muhammadali Eshonqulov, Abdulaziz Yakubov kabi spikerlar ishtirok etib, yoshlar bilan muloqot qilishadi.

Mazkur muloqotlarda ishtirok etish uchun @poytaxtuzbot telegram boti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim.




