platina.uz
Jahon

Fransiyalik mashhur siyosatchi besh yilga qamalishi mumkin

Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarida uch marta qatnashib, ikki marta (2017 va 2022 yillarda) ikkinchi bosqichga chiqqan. U Yevropa parlamenti mablagʻlarini suiisteʼmol qilganlikda ayblanmoqda. 

Fransiyalik mashhur siyosatchi besh yilga qamalishi mumkin

Fransiyaning oʻta oʻngchi "Milliy birlik" partiyasining parlamentdagi fraksiyasi asoschisi va rahbari Marin Le Pen Yevropa parlamenti mablagʻlarini suiisteʼmol qilganlikda gumon qilinmoqda.

Ayblovga koʻra, u ham partiyadoshlari singari Yevroparlamentda ishlash uchun soxta yordamchilarni yollagan.

Prokuratura besh yil qamoq jazosi va yana besh yilga prezidentlikka nomzodini qoʻymaslik, shuningdek, 300 ming yevro jarima soʻramoqda.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, Yevroparlamentning yordamchilar uchun ajratilgan pullari deyarli parlamentda koʻrinmaydigan partiya xodimlarining maoshlariga sarflangan. Jinoiy ishda jami 27 nafar ayblanuvchi bor va saylanish taqiqi hamma uchun amal qiladi.

Le Pen haqiqiy jazoga tortilmasligi mumkin, biroq u rejalashtirganidek, 2027 yilda Fransiya prezidentligiga nomzodini qoʻyishi dargumon: u apellyatsiya bergan taqdirda ham, siyosiy faoliyatni taqiqlash ayblov hukmi chiqarilgandan soʻng darhol kuchga kiradi.

Le Pen buni partiyani yoʻq qilish va "fransuz xalqini oʻzi istagan kishiga ovoz berish imkoniyatidan mahrum qilish" urinishi deb atadi.

Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlarida uch marta qatnashib, ikki marta (2017 va 2022 yillarda) ikkinchi bosqichga chiqdi. 2024 yilgi Yevropa parlamenti saylovlarida uning "Milliy birlik" partiyasi Fransiyada birinchi boʻldi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid