platina.uz
Iqtisod

2025 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamasi boshlandi

Byudjet xarajatlarining 52 foizi ijtimoiy xarajatlarga toʻgʻri kelishi kutilyapti. 2025 yil yakuniga qadar esa 4,3 mln nafar pensiya oluvchilarga oʻrtacha pensiya miqdori 1 645,2 ming soʻmni tashkil etadi. 

2025 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamasi boshlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2025 yilgi davlat byudjeti loyihasi muhokamasi boshlandi.

2024 yil 14 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlab yigʻilish oʻtkazilgan.

Ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablagʻlarning manzilliligini kuchaytirish va samaradorligini taʼminlash, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalarni har yilgi inflyatsiya darajasidan kam boʻlmagan miqdorlarda oshirib borilishi xalq vakillari tomonidan ijobiy baholandi.

Shuningdek, Davlat byudjeti loyihasida kam taʼminlangan oilalarga "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" orqali toʻlanadigan nafaqalar boʻyicha amaldagi mezonlarini takomillashtirish va nafaqalarning manzilliligini oshirishga doir ishlarni davom ettirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, Pensiya jamgʻarmasiga pensiya va boshqa toʻlovlarni oʻz vaqtida moliyalashtirishni taʼminlash maqsadida jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi salbiy tafovutni (yetishmovchilikni) qoplash uchun davlat byudjetidan 18,5 trln soʻm transfert mablagʻlari yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan.

2025 yil yakuniga qadar esa 4,3 mln nafar pensiya oluvchilarga oʻrtacha pensiya miqdori 1 645,2 ming soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid