platina.uz
Jamiyat

Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi

“Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yosh oʻqituvchi va olimlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Poytaxtdagi yoshlar markazida oylik doirasida Toshkent shahar yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining 1-taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ilk bora tashkil etilgan kengash yigʻilishida 500 nafardan ziyod maktablar, professional va oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh oʻqituvchilar, olimlar, tadqiqotchilar hamda tayanch doktorantlar qatnashdi.

Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Tadbirdan koʻzlangan maqsad — yoshlarning ilm-fanda oʻzini oʻzi boshqarish tizimini rivojlantirish orqali davlat va ilmiy tashkilotlar oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ularning ilmiy gʻoya va tashabbuslarini yuzaga chiqarish hamda faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Yigʻilishda “Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashi” tuzilib, boshqaruv raisi etib iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori, yosh olim, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta oʻqituvchisi Shohrux Boymurodov saylandi.

Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yosh oʻqituvchi va olimlar kengashining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Shuningdek, kengashning 2025 yilga moʻljallangan ish reja va dastur loyihalari koʻrib chiqildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid