platina.uz
Jahon

Pokistonda toʻyga ketayotgan avtobus jarlikka qulashi sabab 22 kishi halok boʻldi

Hodisadan soʻng kelin tirik holda topilgan, u jiddiy jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

Pokistonda toʻyga ketayotgan avtobus jarlikka qulashi sabab 22 kishi halok boʻldi

Pokiston shimolida toʻy mehmonlari va kelinni olib ketayotgan avtobus Hind daryosiga qulashi oqibatida kamida 22 kishi halok boʻldi. Bu haqda Dawn nashri qutqaruv xizmati rasmiysiga asoslanib xabar berdi.

"Gilgit-Baltistonning Diamer tumanida odamlarni olib ketayotgan avtobus daryoga qulab tushdi. Avtobus Panjobning Chakval tumaniga ketayotgan toʻy kortejining bir qismi boʻlgan", — deyiladi nashrda.

Telekanal suhbatdoshining qoʻshimcha qilishicha, kelin tirik holda topilgan, u jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan. Choʻkib ketganlar orasida boshqa yoʻlovchilarning ham shaxsi aniqlangan. Politsiya vakili, oʻz navbatida, daryodan 16 kishining jasadi topilgani va qidiruv ishlari davom etayotganini aytdi.

Pokiston prezidenti Osif Ali Zardoriy qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Dawn ushbu hududda yoʻl-transport hodisalari tez-tez sodir boʻlishini taʼkidladi.

Mintaqada baxtsiz hodisalarni noqulay iqlim sharoiti, nosozliklar, burilish yoʻllari, yomon yoʻl sharoitlari, haddan tashqari yuklangan transport vositalari va minimal yoʻl harakati qoidalari ham koʻpaytirmoqda.

Oktabr oyida Xayber-Paxtunxva viloyatining Yuqori Kohiston tumanida Ravalpindiga ketayotgan yoʻlovchi avtobusining jarlikka qulashi oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, 36 kishi jarohatlangan edi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid