platina.uz
Jahon

Ilon Mask hukumat samardorligi boʻyicha departamentni boshqaradi

Yangi maʼmuriyatda Pentagonga Fox News telekanali boshlovchisi Pit Xegset, Markaziy razvedka boshqarmasiga esa Jon Retkliff rahbarlik qiladi. 

Ilon Mask hukumat samardorligi boʻyicha departamentni boshqaradi

Donald Tramp davrida milliarder Ilon Mask qaysi lavozimda ishlashi, shuningdek, MRB va mudofaa rahbarlari kim boʻlishi maʼlum qilindi.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp yangi maʼmuriyatda Pentagon rahbari va Markaziy razvedka boshqarmasi direktori nomzodini ilgari surdi hamda biznesmenlar Ilon Mask va Vivek Ramasvamini hukumat samaradorligi boʻyicha yangi departamentga rahbarlik qilishni taklif qildi.

AQShning yangi mudofaa vaziri armiya faxriysi va Fox News telekanali boshlovchisi Pit Xegset, Markaziy razvedka boshqarmasiga esa Milliy razvedkaning sobiq direktori Jon Retkliff rahbarlik qiladi.

Xegsetning tayinlanishi yangi maʼmuriyatda asosiy va eng kutilganlaridan biri hisoblanadi.

"Pit qattiqqoʻl, aqlli va haqiqatan ham Amerika birinchi oʻrinda turishiga ishonadi", dedi Tramp oʻz bayonotida.

" Pit boshchiligida Amerikaning dushmanlari ogohlantiriladi - bizning armiyamiz yana buyuk boʻladi va Amerika hech qachon chekinmaydi".

Texaslik sobiq kongressmen Retkliff haqida Tramp "u har doim Amerika xalqi bilan haqiqat va halollik tarafdori boʻlgan", dedi.

Oʻz navbatida dunyoning eng boy odami Ilon Mask yangi lavozimi boʻyicha munosabat bildirdi.

"Bu byurokratiya uchun katta xavf" deya yozgan tadbirkor X tarmogʻida.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid