platina.uz
Jamiyat

DXX korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorni qoʻlga oldi

"Fargʻona viloyati hududiy elektr tarmoqlari”ning korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi hududiy xodimdan ming dollar olayotganda ushlangan. 

DXX korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorni qoʻlga oldi

DXX tezkor tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdorni qoʻlga oldi.

Davlat organlarida korrupsion holatlarni aniqlash va ularga chek qoʻyish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Xususan, “Fargʻona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024 yil 9 oylik faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan boʻshatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid