platina.uz

Boʻkaning "Joʻraobod" mahallasida katta ishlar boshlanmoqda

Mahalla uchun zamonaviy xizmat binosi, 300 oʻrinli zamonaviy maktab va sport zali, bogʻcha binosi, tibbiyot punktini qurish koʻzda tutilgan. 

Jamiyat
12-noyabr 2024 yil
Boʻkaning "Joʻraobod" mahallasida katta ishlar boshlanmoqda

Davlat rahbari topshirigʻiga koʻra Respublika ishchi guruhi Toshkent viloyati Boʻka tumani "Joʻraobod" mahallasi “Guliston” qishlogʻida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini olib borilmoqda.

Ishchi guruhi Prezident Administratsiyasi hamda Xalq qabulxonasi boshchiligida qator vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan.

Maqsad - qishloq infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obʼektlari faoliyatini samarali tashkil etish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish.

Rejada mahalla uchun zamonaviy xizmat binosi, 300 oʻrinli zamonaviy maktab va sport zali, bogʻcha binosi, tibbiyot punktini qurish, mahalla yoʻllarini taʼmirlash, yaroqsiz elektr simyogʻochlarni beton ustunlarga, eski quvvati past tranformatorlarni yuqori quvvatli yangilariga almashtirish, yaroqsiz holatga kelib qolgan ichimlik suvi inshootlari va tarmoqlarni yangilash kabi qator hayrli ishlar belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+