platina.uz
Jamiyat

Andijonda tibbiyot birlashmasi rahbari va kadrlar boʻlimi boshligʻi ushlandi

Ular fuqaroni ishga qabul qilishda 500 AQSh dollari talab qilishgan. 

Andijonda tibbiyot birlashmasi rahbari va kadrlar boʻlimi boshligʻi ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti..

Andijon viloyatida Qoʻrgʻontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi va kadrlar boʻlimi boshligʻi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda tuman tibbiyot birlashmasining kadrlar boʻlimi boshligʻi N.X. fuqaro X.M.ni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga qabul qilish masalasini hal qilib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qoʻrgʻontepa tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Ya.A. fuqaro X.M.ni yuqumli kasalliklar boʻlimiga ishga qabul qilishi evaziga oʻz xizmat xonasida kadrlar boʻlimi boshligʻidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq, Fargʻonada korrupsiya boʻyicha mansabdor ushlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid