platina.uz
Jamiyat

Zudlik bilan vaksina ishlab chiqarish zarur boʻlgan xastaliklar roʻyxati eʼlon qilindi

OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish boʻyicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Bu kasalliklardan yiliga 2,5 mlndan oshiq odam vafot etmoqda. 

Zudlik bilan vaksina ishlab chiqarish zarur boʻlgan xastaliklar roʻyxati eʼlon qilindi

JSST tomonidan zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur boʻlgan kasalliklar roʻyxatini eʼlon qilindi.

Tashkilot tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur boʻlgan 17 ta patogen roʻyxatini taqdim etdi.

Mutaxassislar xulosasiga koʻra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish boʻyicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki xuddi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan koʻz yummoqda.

JSST roʻyxatidan joy olgan birinchi guruhga munsub quyidagi kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas:

- A guruhiga kiruvchi streptokokklar,
- gepatit C virusi,
- OIV-1 (HIV-1)
- Klebsiyella pnevmoniyasi.

Ikkinchi guruhga mansub quyidagi patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yanada takomillashtirish zarur:

- sitomegalovirus,
- gripp virusi,
- leyshmanioz,
- salmonellyoz,
- norovirus,
- bezgak plazmodiyasi,
- shigella,
- tillarang stafilokokk.

Uchinchi guruhga mansub quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinish arafasida:

- denge bezgagi,
- B guruhiga kiruvchi streptokokklar,
- ichak tayoqchasi,
- tuberkulyoz,
- respirator-sinsitial virus.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid