WSJ: Donald Tramp Putin bilan telefon muloqoti oʻtkazdi
Tramp Putinga qurolli mojaroni "avj oldirmaslik"ni maslahat bergan va AQShning Yevropadagi muhim harbiy ishtirokini eslatdi, deya yozadi nashr.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi, mavzu Ukrainadagi mojaro haqida boʻldi, deb yozadi Washington Pist manbalarga asoslanib.
Tramp Putinga qurolli mojaroni "avj oldirmaslik"ni maslahat berdi va AQShning Yevropadagi muhim harbiy ishtirokini eslatdi, dedi nashr suhbatdoshlaridan biri. Bir nechta manbalarga koʻra, prezidentlar qitʼada tinchlikka erishishni muhokama qilishgan va boʻlajak Amerika rahbari" Ukrainadagi urushni tezroq hal qilish"ni muhokama qilish uchun keyingi muzokaralarga qiziqish bildirgan.
Ukraina hukumati Tramp va Putin oʻrtasidagi suhbatdan xabardor boʻlgan va bunga eʼtiroz bildirmagan, deya maʼlum qilgan rasmiylar WP'ga.
Biroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi buni inkor etdi, deya yozadi Reuters.
Bu besh kun muqaddam AQSh saylovlarida Respublikachilar gʻalaba qozonganidan keyin ikki siyosatchi oʻrtasidagi ilk suhbat boʻldi. Tramp saylovoldi dasturida Ukrainadagi urushni toʻxtatishga vaʼda bergan. AQShning saylangan prezidenti 7 noyabr kuni Zelenskiy bilan ham suhbatlashgandi.




