platina.uz
Jamiyat

Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda

11 noyabr kuni Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan Toshkent talabalar assotsiatsiyasining birinchi taʼsis yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Toshkent talabalar assotsiatsiyasining birinchi taʼsis yigʻilishida oliy taʼlim muassasalarining yoshlar yetakchilari, fakultet koordinatorlari, talabalarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, uyushmalari, assotsiatsiyalari, kengashlari, harakatlari, guruhlari rahbarlaridan iborat 550 nafar delegatlar ishtirok etdi.

Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda
Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda
Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Tadbirda talabalar ichidan oʻz tashabbusi bilan nomzodini qoʻygan talabgorlarning bir qator qiziqarli va maqsadli rejalari tinglandi. Xususan, talabalarning ilmiy izlanishlariga koʻmak berish, networking uchun oʻquv oromgohlari tashkil qilish, tashabbuskor talabalar oʻrtasida eng yaxshi loyiha mualliflarini taqdirlash maqsadida “Yil mukofoti”ni joriy qilish, soʻrovnomalar oʻtkazish orqali talabalar muammolarini oʻrganish va ularga yechim topishga koʻmaklashish kabi maqsadlarni oʻz oldiga qoʻygan yoshlar fikr-mulohazalari barchaning eʼtiborini tortdi.

Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda
Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda
Poytaxtda yoshlarning jamoatchilik tuzilmalarini tuzish tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanmoqda

Taqdimotlardan soʻng Talabalar assotsiatsiyasi raisi va uning turli yoʻnalishlar boʻyicha yordamchilari ochiq ovoz berish yoʻli orqali saylandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 11 nafar oʻz tashabbusi bilan nomzodini qoʻygan talabalar ichidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti Otabek Sobitov eng koʻp ovoz yigʻgan nomzod deb qayd etildi va bir ovozdan assotsiatsiya raisi etib saylandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid