platina.uz
Jamiyat

Bolalar tashkilotining I konferensiyasi oʻtkazildi

Poytaxtda joylashgan yoshlar markazida “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida Toshkent shahar bolalar tashkilotining I konferensiyasi oʻtkazildi.

Bolalar tashkilotining I konferensiyasi oʻtkazildi

Mazkur konferensiyada Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari, Oʻzbekiston bolalar tashkiloti boshqaruvi raisi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, liderlik qobiliyatiga ega oʻquvchi-yoshlar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya ishi davomida Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, ixtisoslashtirilgan maktablarda Oʻzbekiston bolalar tashkilotining “Bolalar harakati” sardorlari faoliyatini samarali tashkil etish borasida taʼlim muassasalari oldida turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob oldi va takliflarini bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid