platina.uz
Jamiyat

2025 yildan boshlab nashriyotlar foyda soligʻidan ozod etiladi

Mazkur masala dastlab 2023 yil dekabridagi prezident yigʻilishida koʻrib chiqilgandi. 

2025 yildan boshlab nashriyotlar foyda soligʻidan ozod etiladi

Nashriyotlar foyda soligʻidan ozod qilinadi.

Oʻzbekistonda nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2025 yil 1 yanvardan 2029 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) toʻlashdan ozod etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil dekabrda oʻtkazilgan Prezident yigʻilishida ushbu masala muhokama etilgandi.

Unda nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi zarurligi taʼkidlangandi.

Shu maqsadda ushbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinishi maʼlum qilindi. Shuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratilishi ham aytilgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid