platina.uz
Jamiyat

Rossiyaning Penza viloyatida oʻzbekistonliklar avtohalokatga uchradi

Hodisada 3 kishi halok boʻlgan, shundan 1 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, 2 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. 

Rossiyaning Penza viloyatida oʻzbekistonliklar avtohalokatga uchradi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Rossiyaning Penza viloyatida Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir boʻldi. Uning natijasida 3 kishi voqea joyida halok boʻlgan.

YTH oqibatida 3 kishi halok boʻlgan, shundan 1 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, 2 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda

Shuningdek 2 nafar fuqaromiz turli xil tan jarohatlari bilan Penza viloyati Kuznetsk tumanlararo shifoxonasi joylashtirilgan.

Ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olinib tegishli muvofiqlashtirish ishlarni boʻyicha joyiga chiqqan xolda tashkillashtirilmoqda.

"Mahalliy masʼul vakolatli organlar bilan halok boʻlganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilishini Bosh konsulxona oʻz nazoratiga olgan" deyiladi Qozondagi konsullik xabarida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid