Toshkentda “Yashil shahar” aksiyasi boʻlib oʻtdi
9 noyabr kuni poytaxtdagi Yangi Oʻzbekiston bogʻida “Yashil shahar” ekologik aksiyasi oʻtkazildi.

Toshkent shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirlarda sportchilar, saʼnatkorlar, jurnalist-blogerlar, davlat mukofoti sovrindorlari va volontyor yoshlar ishtirokida 300 tup chinor ekildi.
Mazkur aksiya kun mobaynida Elbek bogʻi va metroning “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” bekatlari hamda “Tashkent city mall” boʻylab davom etadi.










