platina.uz
Jamiyat

Tadbirkor hokim yordamchisi bilan til biriktirib, ajratilgan subsidiyani talon-toroj qilgani aniqlandi

U ishlab chiqarish kooperativi ehtiyoji uchun mablagʻ olib, pulni boshqa maqsadda sarflab borgan. 

Tadbirkor hokim yordamchisi bilan til biriktirib, ajratilgan subsidiyani talon-toroj qilgani aniqlandi

Qoraqalpogʻistonda hokim yordamchisi bilan til biriktirib, davlat tomonidan ajratilgan sudsidiyani oʻzlashtirib yuborgan tadbirkorga nisbatan hukm oʻqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, tadbirkor XX. Qonlikoʻl tumani, "Madaniyat" MFY hokim yordamchisi bilan til biriktirgan. U KON OUTLET ishlab chiqarish kooperativini tashkil qilib, 13 nafar ishsiz xotin-qizlarni jalb etgan. Ularning har biriga 4 mln soʻmdan jami 52 mln subsidiya ajratib olishga erishgan.

Lekin XX mazkur mablagʻni ishlab chiqarishga yoʻnaltirmay oʻziga tegishli ASHAA OUTLET MChJ hisobiga moddiy yordam sifatida oʻtkazib, ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, talon-toroj qilgan.

Sudda XX.ning aybi oʻzining iqrorligi va boshqa dalillar bilan ham tasdiqlandi.

Yakuniy sud hukmiga koʻra unga nisbatan JKning 57-moddasiga asosan BHMning 300 baravari (10,2 mln soʻm) jarima jazosi tayinlandi.

Jarima davlat foydasiga undirilishi belgilangan. Ish yuzasidan yetkazilgan zararlar ham sudlanuvchi tomonidan qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid