Hollivud aktyori Toni Todd vafot etdi
U "Yakuniy manzil" va "Qoya" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

AQShlik aktyor Toni Todd vafot etdi. U "Yakuniy manzil" va "Qoya" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
U 6 noyabr kuni Los-Anjelesdagi uyida vafot etgan. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.
"Toni Todd 69 yoshida vafot etdi", deyiladi xabarda.
Todd oʻz faoliyatini 1980 yillarda boshlagan va unutilmas rollari tufayli mashhurlikka erishgan. "Yakuniy manzil" filmida Todd sirli oʻlikxona xodimi Uilyam Bloduort rolini oʻynadi.
Uning xarakteri oʻlimning timsoli degan fikr bor, ammo buni Toddning oʻzi ham, prodyuserlar ham tasdiqlamagan. "Yakuniy manzil"ning oltinchi qismida aktyorning filmga qaytishi kutilgandi va tomoshabinlar uning obrazi Bloudvortning oʻtmishi haqida koʻproq maʼlumot olish imkoniga ega boʻlishlari mumkin edi.