Afroʻza Hamdamova ikki karra jahon chempioniga aylandi
Oʻzbekistonlik shaxmatchi qiz oʻtgan yili FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi.

Oʻzbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova muddatidan avval ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Braziliyada boʻlib oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi FIDE Jahon chempionatida u 10 ta partiyada 9,5 ochko toʻpladi (9 ta gʻalaba, 1 durang).
Endi oxirgi turda qanday natija koʻrsatishidan qatʼi nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza oʻtgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar orasida ham muddatidan oldin gʻoliblikni qoʻlga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan Oʻzbekistondagi ilk ayol shaxmatchi boʻlgandi.