platina.uz
Jamiyat

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining ikki hisobchisi yirik mablagʻni talon-toroj qilgani aniqlandi

Ular ishchi-xodimlarga ortiqcha miqdorda va asossiz ravishda ish haqi yozib, byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirishgan. 

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining ikki hisobchisi yirik mablagʻni talon-toroj qilgani aniqlandi

Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudida ikki sobiq hisobchiga nisbatan hukm oʻqildi. Sud hujjati Platina.uz ixtiyorida mavjud.

Maʼlum boʻlishicha, sudlanuvchi U.S Termiz tuman tibbiyot birlashmasi ish haqi hisobchisi boʻlgani holda belgilangan taqsimot asosida “Uzasbo” dasturiy majmuasida oʻziga biriktirilgan tibbiyot muassasalari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hisobini yuritib kelgan. U “Uzasbo” dasturiy majmuasiga soxta yozuv va maʼlumotlar kiritib, xodimlarga soliq va boshqa majburiy ushlanmalardan tashqari hammasi boʻlib 78 ta holatda 116 mln 567 ming 799 soʻm miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni asossiz va ortiqcha toʻlab berib, oʻziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli talon-toroj qilgan.

Uning hamkasbi D.M esa xodimlarga hammasi boʻlib esa 40 ta holatda 49 mln 614 ming 33 soʻm miqdoridagi ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni asossiz va ortiqcha toʻlab berib, oʻziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida boʻlgan byudjet mablagʻlarini rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Sudda har ikkala sudlanuvchi aybiga toʻliq iqror boʻldi.

Yakuniy hukmga koʻra, har ikki ayblanuvchi JKning 209- moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik haqidagi jinoyat ishi JKning 64-moddasining “a” bandiga asosan javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi munosobati bilan ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmasdan tugatildi.

Shuningdek, U.S.ga tayinlangan jazoning 1 oy 15 kuni chegirib tashlanib, oʻtash uchun 1 yil 4 oy 15 kun axloq tuzatish ishlari qoldirildi. D.Mga esa mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarda ishlash huquqidan marhum qilgan holda ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Ish boʻyicha yetkazilgan zararlar toʻliq qoplangan.

Sud ishi Oliy sud portalidan olindi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid