Putin Trampni gʻalaba bilan tabrikladi
U Trampning Ukraina inqirozini tugatishga yordam berishga tayyorligi haqidagi bayonotlarini "eʼtiborga molik" deya atadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Trampning AQShdagi prezidentlik saylovidagi gʻalabasiga ilk bor izoh berib, uni tabrikladi.
"U bilan istagan uslubda gaplasha olasiz", dedi Putin "Valday" xalqaro munozaralar klubi yigʻilishida.
Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Trampning saylovoldi tashviqoti paytidagi suiqasdda oʻzini tutishi unda katta taassurot qoldirdi: "U jasur odam boʻlib chiqdi", degan Putin.
"Endi nima boʻlishini bilmayman", - deya davom etdi u va Trampning "Ukraina inqirozini tugatishga yordam berishga" tayyorligi haqidagi bayonotlarini esladi. "Menimcha, bu eʼtiborga loyiqdir. Fursatdan foydalanib, uni tabriklayman", dedi Putin.
U Trampga qoʻngʻiroq qilishni rejalashtirmagan, garchi u buni "uyatli" deb hisoblamasa ham.
"Men buni qilmayman", — deya qoʻshimcha qildi Putin va Gʻarb yetakchilari bilan aloqalarni tiklashga tayyorligini maʼlum qildi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning tabrigini rasmiy talqin qilish mumkinligini aytgan.