platina.uz

Urganch tumanida kiyim doʻkonlari yonib ketdi

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Jamiyat
7-noyabr 2024 yil
Urganch tumanida kiyim doʻkonlari yonib ketdi

Xorazm viloyati Urganch tumanida yongʻin sodir boʻldi.

7 noyabr kuni soat 12:53 da Xorazm viloyati, Urganch tumani, "Shermatlar" MFY, Gurlan koʻchasida joylashgan kiyim-kechak savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, yongʻin oʻrab olingan va oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+