platina.uz
Jamiyat

Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib qayta tasdiqlandi

Deputat Choriyev Abduraim Ravshanovich xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib qayta tasdiqlandi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi.

Ulugʻbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bugun Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada 14-Alpomish saylov okrugidan saylangan deputat Choriyev Abduraim Ravshanovich xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga Ulugʻbek Qosimov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Nomzod boʻyicha partiyalar guruhlari ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Nomzod deputatlarga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga moʻljallangan oʻz dasturini taqdim etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Qosimov Ulugʻbek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Avval Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimligiga tasdiqlangandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid