Toshkentda gaz taʼminoti xodimi ushlandi
U tadbirkordan gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSh dollari olgan.

Toshkentda tabdirkorga gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini tayyorlab berishni vaʼda qilgan gaz taʼminoti xodimi ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi. Unda “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti mahallada ishlash xizmati gazchisi A.E. “N.T.” MChJ rahbari R.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari yordamida korxona uchun gaz taʼminoti loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 2 200 AQSh dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan.
Soʻng pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.