platina.uz

Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimligiga tasdiqlandi

Deputat Oʻktamjon Axunov xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi. 

Jamiyat
7-noyabr 2024 yil
Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimligiga tasdiqlandi
Foto: Andijon viloyati hokimligi.

Shuhrat Abdurahmonov Andijon viloyati hokimligiga tasdiqlandi.

Bugun Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiya ishi davomida deputat Oʻktamjon Axunov xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Andijon viloyati kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat kengashi reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Andijon viloyati hokimi lavozimiga Prezident tomonidan Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.

Xalq deputatlari Andijon viloyati kengashi qaroriga muvofiq, Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich Andijon viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+