Shavkat Abdurazzoqov hokim lavozimiga tasdiqlandi
Solijon Moʻminov esa Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.

Sessiyada deputat Solijon Moʻminov Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Namangan viloyati hokimi lavozimiga Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining qarori bilan Abdurazzoqov Shavkat Shokirjonovich Namangan viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.