platina.uz

Kamala Xarris saylovdagi magʻlubiyatini tan oldi

Prezident Jo Bayden ham Trampni tabriklab, uni Oq Uyga taklif etgan. 

Jahon
7-noyabr 2024 yil
Kamala Xarris saylovdagi magʻlubiyatini tan oldi

Demokratik partiyadan nomzod Kamala Xarris AQSh prezidentlik saylovlarida magʻlub boʻlganidan keyin nutq soʻzladi.

Xarris prezident Jo Bayden, uning saylovoldi guruhi va unga ovoz berganlarga minnatdorchilik bildirdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, saylov natijalari uning kutganlarini oqlamagan.

"Biz bu saylov natijalarini qabul qilishimiz kerak. Bugun ertalab men Tramp bilan gaplashdim va uni gʻalabasi bilan tabrikladim. Men unga va uning jamoasiga hokimiyatni oʻtkazishda yordam berishimizni va bu oʻtishni tinch yoʻl bilan amalga oshirishimizni aytdim", dedi Xarris.

" Men saylovdagi magʻlubiyatni qabul qilaman, ammo bu kampaniyaga turtki boʻlgan kurashdagi magʻlubiyatni qabul qilmayman", - deya qoʻshimcha qildi Xarris.

AQSh prezidenti Jo Bayden Trampni prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi va uni Oq uyga taklif qildi.

Oq uyning maʼlum qilishicha, prezidentlik muddatini yakunlayotgan Jo Bayden Donald Trampni prezidentlik qarorgohiga taklif qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+