Akmaljon Mahmudaliyev Cirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Deputat Pokiza Ahmedjanova esa Xalq deputatlari Cirdaryo viloyati Kengashi raisi etib saylangan.

Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Cirdaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi.
Sessiyada deputat Axmedjanova Pokiza Shavkatovna Xalq deputatlari Cirdaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Cirdaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Cirdaryo viloyati hokimi lavozimiga Mahmudaliyev Akmaljon Azimjonovich nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Cirdaryo viloyati Kengashining qarori bilan Akmaljon Mahmudaliyev Cirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.