Vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi boʻlib oʻtadi
Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida 8 noyabr kuni qizlar uchun mahorat darsi tashkil etilmoqda.

Poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini taʼminlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.
Toshkent shahar hokimligi mazkur loyiha doirasida vaqtincha ishsiz qizlar uchun 8 noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etmoqda.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Zakovat arena” binosi. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.




