Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimligiga qayta tasdiqlandi
Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.

Shavkat Umrzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Magrupovning joriy yil 27 oktabrda boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti tinglandi.
Sessiyada deputat Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.

Sessiyada xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzakov nomzodi koʻrsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan Shavkat Buranovich Umrzoqov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.